“Yangi yil – orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami”

Date:

Yangil yilni, ayniqsa, bolajonlar intiqlik bilan kutadi. Bayramon bezatilgan archa, ajoyib bayram tadbiri, bayram qahramonlari-yu, Qorboboning tashrifi unutilmas lahzalarni taqdim etadi. Eng qizig‘i, bayram sovg‘asini olish. Buning uchun jajji o‘g‘il-qizlar she’r va qo‘shiqlarni yod olishgan. Jarqo‘rg‘on tumandagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham “Yangi yil – orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami” shiori ostida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rkam va bejirim o‘rmon go‘zali – Yangi yil archasining turfa xil o‘yinchoqlar bilan bezatilgani tadbirga o‘zgacha bayram shukuhini berdi. Bayram dasturiga Qorbobo, Qor malikasi, Yalmog‘iz kampir va sehrli ertak qahramonlarining tashrif buyurishi jajji shirintoylarga quvonch ulashdi. Ular ijrosidagi sahna ko‘rinishlari kichkintoylarning hayratlariga va boy taassurotlariga sabab bo‘ldi. Tadbir ajoyib sheʼr va ashulalar, sho‘x-shodon o‘yin-kulgularga ulanib, yanada qiziqarli o‘tdi. Ha aytgancha, bolajonlar sevimli Qorbobodan sovg‘alar olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun