“Suyunchi puli” miqdori o‘zgardi

Date:

Bola dunyoga keldimi, suyunchisi ham berilishi ota-onani quvontiradi, kam-ko‘stini to‘ldirishga yordam bo‘ladi. Aytish kerakki, bola tug‘ilganda talab etiladigan barcha ma’lumotlar tug‘ruqxona tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. Pensiya jamg‘armasi tibbiyot muassasasi va FHDYO axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan ma’lumotlar asosida “suyunchi puli”ni avtomatik tayinlaydi. Fuqarolar yangi tug‘ilgan farzandlari uchun “suyunchi nafaqasi”ni Xalq banki filiallaridan biriga borgan holda yoki maxsus ilova orqali olishlari mumkin.
Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foiziga tengdir. Joriy oy boshigacha “suyunchi puli” miqdori 688 940 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yil 1-dekabrdan bu miqdor 738 150 so‘mni tashkil etadi. Albatta, miqdorning oshishiga sabab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining belgilanishiga bog’liq. Eslatish joizki, prezident farmoni bilan 2023-yil 1-dekabridan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘mdan 1 050 000 so‘mga oshirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun