Biotexnik tadbirlar boshlandi

Date:

Bizku yilning sovuq kunlarida jon qayg‘usida qish tadorligini ko‘ramiz, o‘zimizga zaruriy shart-sharoitlarni yaratamiz. Ammo, ochiqlikda, tabiat qo‘ynida yurgan jonivorlarchi? Ularning jon saqlashi, yemish topish masalasi qanday bo‘ladi? “Surxon” davlat qo‘riqxonasi jamoasi jonivorlar hayoti uchun qayg‘urib, biotexnik tadbirlarni boshlab yubordi.
Qo‘riqxonadagi boy hayvonot dunyosini qahraton qishdan olib chiqish maqsadida qo‘riqxonaning “Xatak” bo‘limida hayvonlar ko‘p uchraydigan joylarga tuz va yemlar qo‘yib chiqildi. Bunday tadbirlar qo‘riqxonaning boshqa bo‘limlarida ham davom ettirilib, baland tog‘larda va cho‘l hududlarida yashovchi yovvoyi hayvonlarni asrab qolishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun