Yutuqlar bardavom bo‘lsin

Date:

Sport musobaqalari sportchi yoshlarning tayyorgarligi, kuchi va imkoniyatiga munosib baho berishga xizmat qilmoqda. Natijaga qarab tayyorgarlikni oshirish yo shu taqlid davom ettirish mumkin. “Sport men uchun emas” deguvchilarni ham ayni musobaqalar fikrini qat’iylashtirishi aniq. Farg‘ona viloyatida sportning kikboksing turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida ham kikbokschilarning kuchi sinovdan o‘tkazildi.
Musobaqada 1600 nafardan ortiq sportchi ishtrok etib, mahoratlarini ishga soldilar. Jarayon qizg‘in tus oldi va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Unda Angor tumanidagi sport maktabining o‘quvchilari ham qatnashdi. Yosh sportchilarimizdan Suhrobjon Usmonov ikkinchi va Asadbek Qurbonov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun