Faollar taqdirlandi

Date:

Yoshlarning bo‘sh vaqti yetakchining ish vaqti degan g‘oya asosida ish olib borgan yoshlar yetakchisi o‘tgan muddat ichida mahalla yoshlari bilan manzilli va tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yib, munosib tashabbus ko‘rsata oldi. O‘z navbatida, ishiga sustkashlik bilan qaraganlarni esa oqimning o‘zi bir chekkaga chiqarib tashladi. To‘xtalmoqchi bo‘lganimiz esa faollar, tashabbuskorlar haqida. Surxondaryo viloyatidagi 724 ta mahalla yoshlar yetakchisi “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida o‘zaro bellashdilar.
Natijaga ko‘ra, 10 ta yo‘nalishdan 5 ta 1-o‘rin Termiz shahar yoshlar yetakchilariga nasib etdi va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Tanlovda “Yoshlarni bo‘sh vaqtini eng samarali tashkil etgan” yoshlar yetakchisi Laylo Mengto‘rayeva, “Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish” nominatsiyasida Shoxabbos Qoraboyev, “Yoshlar daftari tizimini samarali tashkil etgan” yetakchi sifatida Akmal G‘affarovlar 1-o‘rinni egallashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun