KONSTITUTSIYA KO‘CHASIDA…

Date:

Surxondaryo viloyati bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosib nishonlanmoqda. Buni o‘tkazilayotgan tadbirlar, tanlovlar, uchrashuv va davra suhbatlari misolida ko‘rib, kuzatib turibmiz. Ayniqsa, xalqning huquqiy savodxonligini oshirish, bosh qomusimiz haqida kengroq tushuncha berish maqsadida “Konstitutsiya ko‘chasi” tadbirlarining qamrovi kengayib bormoqda.


Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi, tuman Adliya bo‘limi va tegishli tashkilotlar tomonidan sana munosabati bilan bugun tuman hokimligi yonidagi markaziy ko‘chada “Konstitutsiya ko‘chasi” tadbiri tashkil etildi. “Adliya huquqiy marshi”da har bir davlat organining o‘z burchaklari tashkil etildi hamda fuqarolarga huquqlari bevosita soha egalari tomonidan tushuntirish va huquqiy maslahatlar berib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun