Munosib ishtirok etdi

Date:

Jarqo‘rg‘onlik yoshlar sportda ko‘plab yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Bunga bosh sabab esa tumandagi sport maktabida yoshlarga munosib mashg‘ulotlar olib borilayotganida, mahoratli trenerlarning mashaqqatli xizmatida. Xuddi shunday trener, “Shuhrat” medali sohibasi Manzura Tursunova ham munosib shogirdlar yetishtirib chiqarib, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishga qo‘shgan hissasini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Manzura Tursunovaning yana bir shogirdi Lobar Hurramova ham kuni kecha Yaponiya poytaxti Tokio shahrida para dzyudo bo‘yicha Tokio Gran-Pri musobaqasiga ishtirok etdi.
Musobaqa start olishi bilan para dzyudochilar o‘z mahoratini ishga solib, murosasiz kurashlarni boshlab yubordilar. Lobar ham aslo bo‘sh kelmadi. Raqiblarini birin-ketin yengib, musobaqaning dastlabki kunida o‘z vazn toifasida 3-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun