Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi

Date:

Xalqimiz mehr-oqibat, insoniylik tuyg‘ularini o‘z o‘rnida qo‘yib, yaqinlarini, do‘stu birodarlarini qadrlaydi. Ana shu jihatlar yurtimizda qadriyat tusini olgan emasmi, xalqimizning ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor qatlami domiy e’tiborda, qo‘llab-quvvatlovda. 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni respublikamizda keng nishonlanib, turli tadbirlar, kechalar tashkil etilgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyatida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Termiz shahridagi “Afruz” tantanalar saroyida tadbir bo‘lib o‘tdi.


Unda ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari nogironligi bo‘lgan shaxslar doimo davlat va jamiyat g‘amxo‘rligida ekanligini ta’kidlashdi. Samimiy tilaklardan so‘ng, kecha sababchilariga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari, protez-ortopediya mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qo‘ltiq tayoqlar topshirildi.
To‘kin dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaning qalbiga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun