Manfaatli kelishuvlarga erishildi

Date:

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta vitse-Prezidenti Sachiko Imoto bilan uchrashi ila davom etdi.
Uchrashuv davomida Surxondaryo viloyatida JICA ko‘magida energetika, tibbiyot, kambag‘allikka qarshi kurashish, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Qolaversa, turizm sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish ham kun mavzusidan o‘rin oldi.
Muzokaralar yakunida JICA ko‘magida yapon kompaniyalari bilan iqtisodiy, strategik yo‘nalishlarda loyihalarni yo‘lga qo‘yish, Surxondaryoni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda JICA tajribasi va imkoniyatlarini jalb qilish, sog‘liqni saqlash va maktab talimi sohasini isloh qilish, rivojlantirish va jihozlashda pilot loyihalarni amalga oshirish, sho‘rlangan yerlarni o‘zlashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, vohaning turizm salohiyatini Yaponiyada targ‘ib qilish kabi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tashrif davomida qator tadbirlar o‘tkazilishi reja qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Navbatdagi manzil — Surxondaryo

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...

Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda

Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari...

Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro...
KunTun
KunTun