Jamila momo uylik bo‘ldi

Date:

Hammaning ham o‘z oilasi, muqim yashaydigan uyi — kichik bo‘lsa ham vatani bo‘lsin ekan. Aks holda yashashida, yeb-ichishida xalovat bo‘lmaydi. Aytganlarimiz zahmatini Jamila momochalik his etadigan odam bo‘lmasa kerak. 70 yoshdan oshgan momo farzandu nabiralari e’zozida keksalik gashtini suradigan pallada uysiz, sarson-sargardonlikda yashab kelayotganiga nima deysiz. Turmushga chiqmagan, farzandsiz momo 2 yil davomida Uzun tumanidagi “Yoshlik” mahallasida bir xonalik qarovsiz uyda yashab yurdi. Insonning tanasidan kuch ketganida issiq-sovug‘idan xabardor bo‘ladigan g‘amxo‘ri bo‘lmasa qiyin.
Jamila momo haqida eshitgan tadbirkor Ulug‘bek Boboyev momo taqdiriga jim qarab tura olmadi. Tuman hokimligi bilan kelishgan holda Qarashiq mahallasiga qarashli yerdan 0,02 sotix maydonga barcha sharoitlarga ega, atroflari o‘ralgan ikki xonali uy qurib berdi. Uy tayyor bo‘lgach, Jamila momoga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ha, endi Jamila momoning ham o‘z uyi bor, saxovatpesha tadbirkordan yangi uyning kalitlarini olgan onaxon quvonch ko‘z yoshlarini yashira olmadi. Qo‘llarini duoga ochib, yurt tinchligini, saxovatpesha insonlar ishiga barokatlar tiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion dehqonchilik

Oltinsoy tumanidagi “Shirin EJYU” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligiga zamonaviy...

G‘alaba, e’tirof va ilhom

Termiz shahrida o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va...

Yangi ta’lim maskani — kelajak poydevori

Termiz davlat pedagogika institutining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilishi...

Imkon keng, marra bizniki

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova o‘quvchi qizlar...
KunTun
KunTun