15-noyabrdan 15-dekabrgacha…

Date:

Fuqaro muhofazasi, favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar yong‘in xavfsizligi oyligi deb e’lon qilinganidan xabardormiz. Oylik doirasida viloyatimiz bo‘ylab, mutasaddi tashkilot mutaxasislarining targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, uchrashuvlari o‘tkazilib, aholini yong‘in xavfsizligiga rioya etishlari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borishayotir.
Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi, ayniqsa, qish eshik qoqib, ob-havo sovuqlashgan kunlarda ayni zaruratdir.

Sababi, xonadonini isitish uchun turli qo‘lbola isitish vositalaridan foydalanishni o‘ylagan fuqarolarni anchayin sergaklantirishi aniq. Ayni maqsadda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida “Fuqaro muhofazasi, favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish” mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tashkil etilgan profilaktik tadbirda o‘quvchilarga yong‘inning bosh sabablari, ehtiyot choralari va uning oldini olish, is gazidan himoyalanish choralari, yongʻin sodir boʻlganda fuqarolar dastlab amalga oshirishi lozim boʻlgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun