Ko‘cha tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Date:

Qonunlarimizni, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini nechog‘lik bilamiz? Axir, har bir fuqaroning qonunlarni, o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi juda muhim. Oltinsoy tumani adliya bo‘limi FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolar o‘rtasida Konstitutsiyaga oid bilimlarni savol-javob qilish orqali sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “Bilasizmi?” viktorinasi o‘tkazildi. Mazkur loyihada berilgan savollarga to‘g‘ri va aniq javob bergan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi sovg‘a tariqasida berildi.
Qolaversa, loyiha doirasida Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar hamda keng jamatchilik vakillari bilan davra suhbati tashkil etildi. Targ‘ibot jarayonida o‘quvchilarga yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya bo‘yicha tushunchalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun