Malaka oshirdi…

Date:

Sohada muvaffaqiyatga erishishda, albatta, tajriba va malaka o‘z ishini ko‘rsatadi. Doimiy an’anaviy usullardan foydalangan holda yoshlarga bilim berish har doim ham o‘zini oqlamaydi. Bugungi davr talabiga javob bera oladigan kadr sifatida shakllanish uchun esa albatta, malaka oshirish, tajriba almashish muhimdir. Shu jihatlarni hisobga olgan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog-xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Viloyatimizning 50 nafarga yaqin tajribali pedagoglari mazkur treninglarga jalb etildi.
Ushbu kurslarning asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda sifatli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bilan birga noanʼanaviy, faol metodlarni keng qo‘llashdir. Trening davomida tajribali masterlar tomonidan mentor, kauching, fasilitator, kollaborator kabi metodlarning mazmun-mohiyati ochib berildi. Shu bilan birga tinglovchilarga kundalik ish jarayonida uchraydigan psixologik muammoli vaziyatlarning yechimini topish, ota-onalar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shaxsga yo‘naltirilgan sifatli taʼlim berish, bolajonlarni rag‘batlantirib, ularni tasavvur olamini rivojlantirish, maktab taʼlimiga tayyorlash kabi vazifalarni belgilab berishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi xususiy maktab xizmatga shay

Denov tumanida ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam...

Mis qayta ishlanadi

Uzunda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga...

Jarqo‘rg‘onda 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi

Xorijiy investorlar va kompaniyalar delegatsiyalari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi...

Basaltdan mineral vata ishlab chiqariladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investorlar bilan navbatdagi uchrashuvlarni...
KunTun
KunTun