Foydalanishga topshirildi

Date:

Quvonchli va sinovli kunlarda ham mahalla faollari hech bir oilani yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Odamlarni hamjihatlikka, birdamlikka chaqiradi. Shundanmi, boshimizga ish tushsa ham, tashabbus ko‘rsatmoqchi bo‘lsak ham mahallaga chopamiz. Ishsizimizga ish, hunarsizga kasbu kor o‘rgatishga ko‘mak beruvchilar jamoasi xalq xizmatiga hoziru nozir turguvchilar yaqin birodarlarimizdek bo‘lib ketishgan.
O‘z navbatida mahalla beshligining faolligi, tashabbuskorligi ularga yaratilgan shart-sharoitga, qulaylikka ham bog‘liq. Bandixon tumanidagi “Chinor” mahalla “beshligi” shu kunga qadar og‘ir sharoitda mehnat qilib kelayotgan edi. Bugungi kunda esa mahalladagi tadbirkor tashabbusi va tuman hokimligi ko‘magi bilan “Chinor” mahallasi uchun yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi.
Bandixon tumani hokimi A.Allamuradov, mahalla “beshligi”, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endilikda ushbu yangi mahalla binosi xalqimiz uchun beminnat xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...
KunTun
KunTun