Endi yanada qulay

Date:

Ishsizlar, ish qidirayotganlarning izlovlariga vacancy.argos.uz sayti munosib taklifni bera oladi. Shundan so‘ng, fursatni boy bermay, ariza topshirish mumkin. Ariza ko‘rib chiqilgach, bundan bu yog‘iga test sinovidan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Testning talablariga to‘liq javob bera olgangina keyingi bosqichga o‘tishi mumkin. Joriy yilning 1-dekabridan boshlab, tanlovlarning test sinovi bosqichiga yagona o‘tish balli belgilanadi. Bunda nomzod tomonidan 56 ball to‘plangan taqdirda avtomatik ravishda uning portaldagi shaxsiy kabinetiga tanlovning suhbat bosqichiga o‘tganligi haqidagi xabar keladi.
Yana bir muhim yangilik, endilikda nomzodlar tomonidan test sinovi jarayonida 56 ball to‘plangan taqdirda, ular 3 oy davomida tanlovlarning test sinovi bosqichida ishtirok etishlari shart bo‘lmaydi. Ya’ni 1 dekabr kuni test sinoviga kirib, 56 ball to‘plagan nomzod 3 oy davomida shu ball bilan boshqa vakant lavozimlar uchun tanlovlarda ishtirok etishi mumkin. 55 balgacha to‘plagan nomzod o‘rnatilgan tartibda test sinovida qatnashishi shart bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun