Denovlik yoshlar muvaffaqiyat qozonishdi

Date:

Sportda erishayotgan yutuqlarimizni eshitganda qalbimizda g‘urur va iftixor tuyg‘usi mavjlansa, yoshlarimiz chempionlardan motivatsiya olishi aniq. Bu borada denovlik sportchilar o‘z erishgan muvaffaqiyatlari bilan o‘rnak va namuna bo‘lib kelishmoqda. Qozog‘istonda sportning karate turi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 20 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan sportchilar orasida denovlik sportchi Shodiya Ziyodullayevaning ishtiroki va harakatlari 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Yaponiyada quvonchli voqeaning davomi sodir bo‘ldi.
Denovlik sportchilar Yaponiyada bo‘lib o‘tgan 8-Jahon chempionatini muvafaqiyatli o‘tkazdi. Sportning karate turi bo‘yicha 17 ta davlatdan kuchli sportchilar ishtirok etgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasida – Denov tumani sport maktabining 2 nafar sportchisi ham munosib ishtirok etdi. Ful-kontakt yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Sherzod Naimov, ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada, Aziza Tursunova 3-o‘rinni egalladi.

Oldingi sahifaQisqa hikoyalar
Keyingi sahifa…grant ajratiladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun