Bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Date:

Issiq jonni isitmasi bor deganlaridek, har bir insonni o‘ziga yarasha sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Ammo, o‘z vaqtida shifokor qabuliga borishga vaqt yoki mablag‘ topilavermaydi. Shu bois, aholi ehtiyojini o‘ylagan holda BMTning migratsiya hamkorligi loyihasi doirasida Termiz shahridagi “Jo‘yijangal” mahallasida “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy ma’rifat markazi tashabbusi bilan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikka mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan hamda nogironligi bo‘lgan 30 nafardan oshiq fuqaro ishtirok etdi. Ko‘rikka kelganlar UZI, EKG apparatlaridan tekshiruvdan o‘tish bilan birga kardiolog, pediatr, psixolog, terapevtlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib,kerakli maslahatlarni olishdi.
Ancha paytdan buyon bel sohasida kuchli og‘riq bor edi. Imkoniyatim yo‘qligi bois og‘riq bilan shu kungacha chidab yuribdim, — deydi Dilnoza Xayitaliyeva. — Mahallamizda bepul tibbiy ko‘rik tekshiruviga charqirishganida xursand bo‘ldim. Bunday imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida ish vaqtim bo‘lishiga qaramay, shoshilib kelaverdim. Tashkilotchilariga o‘z minnatdorligimni bildiraman.
Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun