Raqiblarini mot qildi

Date:

Shaxmat inson aqlini sharxlab, qanday yo‘l tutishni o‘rgatadi. Fikrlash doiramizni kengaytirib, o‘ylashga, mushohada qilishga odatlantiradi. Shu sababdan ham farzandlarimizni yoshligidanoq shaxmatni o‘rganishlarini istaymiz. Bu qarorimiz foyda bo‘lsa borki, aslo zarar emas.
Buni “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi asosida bo‘lib o‘tgan “Maftunkor ranglar jilosi” 5-respublika shaxmat musobaqasi orqali bilish mumkin bo‘ldi.
Tanlovning tuman, viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Muzrabot tumanidagi 2-maktabning 7-sinf o‘quvchisi O‘ralbek Normo‘minov respublika bosqichida ham faol qatnashdi.
Raqiblari bilan shaxmat o‘ynab, ularni mot qildi va 1-o‘rin g‘olibi bo‘ldi. O‘ralbek tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, noutbuk hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun