“BALLI, QIZLAR”

Date:

O‘zbek qizlari oila tutumi-yu, jamiyat hayotida o‘z hislat va fazilatlari, epchil va chaqqonligi, orasta-yu ma’rifatli ekani bilan e’tirof etarli bo‘lishi kerak. Afsuski, ba’zi qizlarning uy ishlarini qilmagani, ovqat pishirishni bilmasliklarini g‘ururlanib aytayotganini eshitib, uyalib ketasan kishi. Ana shunday qizlarning ertangi kuni qanday bo‘larkin, hayotda o‘z o‘rnini topib keta olarmikan? Buyog‘i so‘roq ostida qolmasligi, vaqt borida ularning tegishli xulosa chiqarishlari uchun tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib borish shart va zarur.
Termiz shahridagi 26-maktabda “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali doirasida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimi miqyosida umumta’lim maktablari o‘quvchi-qizlari ishtirokida o‘tkazilgan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi ana shunday targ‘ibotning davomi bo‘ldi deyish mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun saralangan qizlar o‘z bilim va salohiyatini ko‘rsatish bilan birga o‘zbek qizidagi ibo va hayo, ijobiy hislat va jihatlarni ko‘rsata oldilar. 4 ta shart bo‘yicha bellashuv esa qizlarning turli sohalardagi iqtidorlarini namoyon etishga xizmat qildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra Jarqo‘rg‘on tumanigadi 5-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Asilabonu Davronova 1-o‘ringa munosib topildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...

Tizim o‘rganildi

Aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlashda dori-darmon vositalarining barqaror...
KunTun
KunTun