Kechasi ham yorug‘ va fayzli

Date:

Ko‘chalarimiz kechasi ham kunduzdagidek yorug‘. Minglab yoritgichlar kishiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish bilan birga dorilomon kunlardan zavq tuyish imkonini beradi. Xo‘sh, vohamizning har bir go‘shasida ana shunday shart-sharoitlar yaratilganmi?
Bu borada prezidentimizning olis hududlarni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan PQ-4995 sonli qarori dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayni qarordan ruhlanib, Bobotog‘ hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu hududda joylashgan “Yangiobod” mahallasida hashar yo‘li bilan mahallada yashovchi fuqarolar homiyligida ko‘cha yoritgich chiroqlari o‘rnatildi.
Bunday savob ishlardan so‘ng, mahalla ko‘chalari kechasi ham yorug‘ va fayzli ko‘rinish kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun