Guljanoy yana g‘olib

Date:

Guljanoy Naimova nomi bugun faqat O‘zbekistonda emas, butun jahonga ma’lum. U yenggan sportchilar esa Guljanoyni kuchli va jasur raqib sifatida eslab qolgan. Sababi u raqibiga peshvoz chiqdimi abjirlik va mahorat bilan yengishga harakat qiladi va buning uddasidan chiqadi ham. Eng avvalo, u raqibini obdon kuzatadi, so‘ng hujumga o‘tadi. Qarabsizki, g‘alaba naqd.
Ayni kunlarda Xitoyning Hangjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida ham Para-taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Guljanoy Naimova ishtirok etib, u bilan qarshi chiqayotgan raqibalarining qalbiga g‘ulg‘ula solgani aniq. U muvaffaqiyatli harakatlari bilan o‘z sovrinlari qatoriga Para Osiyo o‘yinlarining oltin medalini ham qo‘shib qo‘ydi. Ayollar o‘rtasida +65 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan vohadoshimiz barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda musobaqa chempioniga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun