Mehnat ila…

Date:

Tikuvchilik ayolning ziynati. Ishsizman degan ham hech bo‘lmaganda tikish-bichishni biladi. Bu esa har qanday xotin-qizning hayotida tub burilish yasay oladi. Muhimi har kim bu imkondan o‘rnida foydalana olishida.
Xuddi shunday sho‘rchilik “Munis-SSS” mas’uliyati cheklangan jamiyat korxonasi rahbari Mahkamtosh Iskandarova 8 yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Yaqindan boshlab to‘quvchilik dastgohi yordamida 15 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarshini yo‘lga qo‘ydi.
— Hunar sirlarini onamdan o‘rganganman, — deydi M.Iskandarova. – Farzandlarimning baxtini ko‘rish uchun birovdan kam qilmay voyaga yetkazish uchun ham ko‘proq ishlagim keladi. Qolaversa, hunar o‘rganishni niyat qilganlarga ham o‘rgataman. Qilayotgan ishim o‘zimga zavq bag‘ishlaydi.
Tikuvchilik ortidan boshlangan ish esa tadbirkor ayolga va uning shogirdlariga ham manfaat keltirib, mo‘may daromad manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Ular tayyorlayotgan mahsulotlar esa xaridorgir va bozori chaqqon ekani jamoaning ishtiyoqini oshirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun