E’tiborning go‘zal namunasi

Date:

Yaqindagina respublikamizda ilk qadam sifatida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ochilgan edi. Markaz ochilishi bilan o‘z faoliyatini boshladi va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini himoya qilish, kerakli yordamni ko‘rsatishga bel bog‘ladi. Markaz mutaxassislari tomonidan eng avvalo, hududlardagi nogironligi bor, imkoniyati cheklangan fuqarolarning ro‘yxati shakllantirildi.
Shundan so‘ng, amaliy ishlar boshlab yuborildi. Va Bobotog‘ hududida joylashgan “Bobotog‘” MFYda yashovchi ikki nafar jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachasi berildi. Bundan tashqari, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari doirasida tizimli ishlar amalga oshirilatgan “Yangi yo‘l” mahallasidagi imkoniyati cheklangan fuqarolarga reabilitatsiya vositalari topshirildi.

Oldingi sahifaMehnat ila…
Keyingi sahifaMunosib kutib olindi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun