TerDU kimyogarlari Pragada

Date:

Bugun innovatsiyalar hayotimizga kirib kelib, ilm-fanda, barcha sohalarda tub burilish yasadi. Termiz davlat universiteti kimyo fakultetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Chexiya Respublikasining Praga shahridagi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida oʻtkazilayotgan “Yevropa universitetlarida taʼlim jarayonidagi innovatsiyalar” mavzusidagi oʻquv-amaliy seminarda ishtirok etishmoqda.
Seminar ishtirokchilari Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng qadimgi va klassik universitetlardan biri boʻlgan 1348-yilda tashkil topgan Praga shahridagi Karlov universitetida ham bo‘lishdi. Dasturga muvofiq Chexiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri, Chexiya diplomatik fanlar akademiyasi rektori, professor Cyril Svoboda tomonidan “Kadrlar tayyorlashda innovatsion texnologiyalar va texnik vositalar” mavzusida olib borilgan oʻquv darslarida ishtirok etishdi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Praga qalʼasi, Vatslav maydoni, Eski shahar va Karlov koʻprigi bo‘ylab sayohat qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun