Yangi bino foydalanishga topshirildi

Date:

Ta’limga tikilgan sarmoya, albatta, o‘zini oqlaydi. Ayniqsa, ko‘pning, kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan e’tiborga javoban yoshlar ham sidqidildan o‘qib o‘rganadi. Yurt koriga yaraydigan insonlar bo‘lib yetishadi. Oltinsoy tumanidagi “Mingchinor” mahallasida joylashgan 62-maktabning yangi binosining foydalanishga topshirilishida ham ana shunday maqsad mujassam.
Yangi maktab binosining ochilish marosimi katta xursandchilikka aylanib ketdi. Tadbirda tuman hokimi Baxrom Maxmatraimov ham ishtirok etib, shodiyona bilan yig‘ilganlarni samimiy tabrikladi. Qolaversa, marhum Karim Xudoyqulov nomidagi stipendiyaga sazavor bo‘lgan maktab o‘quvchilariga tashakkurnoma va pul mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
So‘zga chiqqanlar maktabda yaratilgan qulayliklar haqida to‘xtalib, davlatimiz rahbarlariga o‘z minnatdorchiligini izhor etishdi. Alvon tasma kesilib, ishtirokchilar yangi o‘quv bino xonalari bilan yaqindan tanishdilar. 240 o‘rinli ushbu bilim maskanini “Boysun Trans qurilish loyiha” MCHJ quruvchilari tomonidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu yerda o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun