Mehnatiga yarasha…

Date:

Olma mevasini kunlik ratsionimizga kiritishga odatlanib qolganmiz. Hazm jarayonini tezlashtiradigan ushbu ne’mat mazali va shifobaxshligi uchun doimo dasturxonimizda. Olma shundoqqina daraxtda o‘sib, bizgacha yetib kelmaydi. Buning uchun bog‘bonning qarovi, e’tibor va g‘amxo‘rligi muhim. Qolaversa, tabiiy muhit, shart-sharoit ham ushbu mevaning mazasiga ta’sir ko‘rsatadi. Sho‘rchilik Abdumajid Xolyorov ham tomorqasida bog‘ tashkil qilib, olma ko‘chatini pavarish qilishni yo‘lga qo‘ygan.
— Tomorqamizning 14 sotix yer maydonida 98 tup olmazorimiz bor. Asosan “Saltanat” va “Fuji” navini ekkanmiz. Bu bog‘ni 2014-yilda tashkil qilganmiz. Bog‘da sifatli va mo‘l hosil olishi maqsadida, barcha agrotexnika qoidalariga amal qilamiz. O‘zi olma daraxti turli xil tuproq sharoitida o‘sa olishiga qaramay ular yaxshi va sifatli meva berish uchun unumdor tuproqda yaxshi rivojlanadi, – deydi Abdumajid Xolyorov.
Ana shunday tadbirli insonlarning mehnati, harakatlari boshqalar uchun eng yaxshi ibratdir aslida.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun