“Mahorat darsi” o‘tildi

Date:

Cholg‘u asbobini chertgan bilan san’at dunyoga kelmaydi. Buning uchun o‘qib o‘rganish, nazariy bilimlarni egallash lozim. Ana shundagina notalar sizga ajib sirini ochadi va ohang yaraladi. Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti talabalari ham shu tariqa san’atga oshno bo‘lishdi, bilim va tajribasini oshirishdi. Oliygohga O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Sug‘diyona” davlat xalq cholg‘ulari kamera orkestrining ijodiy jamoasi tashrifi esa talaba-yoshlarning mahoratlarini oshirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist professor Firuza Abduraximova boshchiligida hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Musiqa ta’limi” kafedrasining iqtidorli talabalariga “Mahorat darsi” o‘tib berildi. Barcha katta qiziqish bildirgan mahorat darsi qiziqarli va yangi bilimlarni, usul va uslublarni o‘zlashtirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun