Yo‘l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi

Date:

Shahrimizning qaysidir qismidagi ravon yo‘llardan zavq bilan o‘tsangiz, ba’zi qismlaridagi o‘ydim-chuqurliklar ta’bingizni xira qiladi. Qachon yo‘llarimiz soz va risoladagidek bo‘larkan degan savolingizga soha mas’ullarining hali mablag‘ ajratilmagani haqidagi javobi siz-u bizni qoniqtirmasligi aniq. “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-330, 10.10.2023y.)ning qabul qilinishi esa ana shunday holatlarga chek qo‘yadi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan avtomobil yo‘llarida bajariladigan ish turlari qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda saqlashdan iborat bo‘ladi. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo‘l-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini nazarda tutadigan tizim (“hajm uslubi”) joriy etiladi. Qolaversa, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo‘yicha kamida uch yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi.

Yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida esa avtomobil yo‘llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoyezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yida yashil hududlarni barpo etish doirasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” davlat muassasasining hududiy bo‘linmalari viloyat hokimligi tasarrufiga o‘tkaziladi.

2024-yil 1-yanvaridan tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kilometrgacha bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun