Respublikaga yo‘llanma…

Date:

Barcha tizimda ayollar ham erkaklar bilan bir qatorda, yelkama-yelka xizmat qilib, faollik ko‘rsatayotir. Shu jumladan, huquqiy sohalarda, adliya tizimida ham. Ularning faoliyatiga munosib baho berish, bilim-salohiyati, tajribasi haqida taassurotga ega bo‘lish maqsadida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida “Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Qizg‘in muhokamalar va baxslarga boy tarzda o‘tgan tanlovda boshqarma va uning tizimidagi adliya organlari va muassasalarida, viloyat yuridik texnikumida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etdilar. G‘oliblikka nomzodlar uchta shart bo‘yicha bellashishlariga to‘g‘ri keldi.
Xodimlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish, ish unumdorligini oshirish, huquqiy sohaga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish, aholiga ko‘rsatiladigan huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirishni maqsad qilgan tanlovda Termiz tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti Aziza Nematullayeva viloyat bosqichida birinchi o‘rin hamda tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar viloyat adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun