G‘alla-2024: mavsum uyushqoqlik bilan boshlandi

Date:

O‘z vaqtida boshlangan ish unumli va barokatli bo‘ladi. Shu sababdan ham Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohaning 5 ta hududiga tashrif buyurib, 2024-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini tizimli va sifatli amalga oshirishga bag‘ishlangan seminarlarda ishtirok etdi va barchani mavsumni uyushqoqlik bilan boshlashga chaqirdi.
Seminarda Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Oltinsoy va Denov tumanlarida kuzgi boshog‘li don ekish ishlarini boshlash bilan birga qisqa muddatlarda sifatli yakunlash haqida so‘z bordi. Qolaversa, sug‘orish va to‘liq ko‘chat olish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Har bir tumanda “Shudgor-2023” shtabi tashkil qilinadigan bo‘ldi. Texnikalarni shay holatga keltirib, shudgorlash ishlarini fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan olib borish hamda yerni sifatli haydalishini ta’minlash bo‘yicha sektor rahbarlari, soha mas’ullariga aniq muddatlar bilan vazifalar topshirildi. Shuningdek, shudgorlash ishlari uchun tashkil etilgan otryadlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun