Tarbiya

Date:

Rivoyat qiladilarki, bir kuni shogird ustozi piri komildan so‘radi:
— Nima uchun chaqaloqlar hamma yerda bir xil yig‘laydilar. Ulg‘ayganlarida esa ularda har xil xislatlar paydo bo‘ladi?
Ustoz javob berdi:
— Bu tarbiyaning natijasidir.
Shogird so‘radi:
— Ey ma’nolar xosxonasini egallagan piri komil, tarbiyaning hosilasi yoshga ham bog‘liqmi?
Dono ustoz dedilar:
— Ha, albatta. 20 yoshda hissiyot, 30 da iste’dod, 40 da aql hukmronlik qiladi.
Ilmtalab shogird yana so‘radi:
— Eshitishimcha, tana qartayganda, ahloq mustahkamlanadi, deydilar. Buning sababi ne?
Piri komil bir lahza o‘yga cho‘mgach, shunday dedi:
— Chunki inson tanasidagi barcha a’zolar o‘z nafsini qondiraverib charchaydi, holdan toyadi, ruh esa hayot charhida charhlanib, ahloq orzu holini boyitib boraveradi.
Qiziqquvchan shogird yana so‘radi:
— Ey, ustoz, ming mashaqqat ila yuksalikka ko‘tarilgan insonni nima pastga tushirishi mumkin? Men shundan ogoh bo‘layin.
Sermulohazali ustoz shogirdiga qarab, shunday dedi:
— Kishi qanchalik yuksaklikka erishmasin, ahloqda oqsasa, pastga tushib ketishi muqarrardir. Ey, shogird, misqollab yiqqan obro‘ying bir zumda to‘kilmasin desang, aqlingni hamisha rahnamo etgil. Noloyiq ishlardan olisga ketgil.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun