Endi xotin-qizlar tekinga o‘qiydi

Date:

Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotida, oilada o‘z o‘rnini topishi uchun munosib qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish deymizmi, o‘qishi uchun esa davlat grantlari, qo‘shimcha kvotalar ajratilayotganidan ham xabardormiz. Xotin-qizlarning kasb-hunar kolleji va texnikumlar hech qanday to‘lov shartnimasisiz, tekinga o‘qishi esa ana shunday imtiyozlardan biridir. Xotin-qizlar uchun davlat granti mablag‘lari tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralarga ajratiladi.
Grantga ega bo‘lish uchun o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrgacha muassasa direktori nomiga grant asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Arizalar 10 kunda muassasa, OTFIVning hududiy boshqarmasi va vazirlikda ko‘rilib, tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etadi. Vazirlik va idoralar esa 25-oktyabrgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kunida tegishli mablag‘ni mazkur vazirlik va idoralarga ajratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun