“Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi

Date:

“Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023–2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorda hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirishga doir ishlab chiqiladigan hujjatlarning bir nechta darajalari belgilandi. Unga ko‘ra, ya’ni birinchi darajada – hududlarning raqobat ustunliklari va barqaror rivojlanish drayverlarini aniqlab beruvchi O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, Aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Ikkinchi darajada esa shaharlar (shaharchalar) va shahar atrofi zonalari integratsiyasi asosida shaharlarning (shaharchalarning) bosh rejalari, shuningdek, qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari ishlab chiqilsa, uchinchi daraja hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan, o‘zida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan master rejalari yoki batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqiladi.
2024-yil 1-iyulgacha “Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi. Platformada aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini va master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda ovoz berish mexanizmi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tajriba va tarbiya maktabi

Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

“Vatanimga xizmat qilaman”

Surxondaryo viloyatida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi ko‘tarinki...

Arz talabga mosmi?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 92-moddasida...

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...
KunTun
KunTun