Yangi nishon ta’sis etildi

Date:

Barcha e’tiqod erkinligiga ega. Yurtimizda diniy bag‘rikenglik hukm suradi. Kim qanday dinga e’tiqod qilmasin, bir-birining diniga hurmat bajo keltiriladi. Ana shunday bag‘rikenglikni munosib rag‘batlantirish maqsadida hukumat qarori (495-son, 25.09.2023 y.) bilan “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Koʻkrak nishoni bilan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi. Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham koʻkrak nishon bilan taqdirlanishi mumkin.
Ushbu koʻkrak nishoni har yili 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi. Eslatib o‘tish joizki, koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1 million 320 ming soʻm) miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

Oldingi sahifaRadiodagi amaki
Keyingi sahifaMusiqa maktabiga sayohat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun