Musiqa maktabiga sayohat

Date:

Kayfiyatimiz yaxshi bo‘lsa ham, tushkunlikka tushganda ham eng yaxshi vosita bu qo‘shiq tinglashdir. Ohangga mast bo‘lib, ruhiyat ko‘tariladi va qo‘shilib xirgoyi qilishni boshlaymiz. Har birimiz aslida san’atga oshnomiz. Musiqa tinglashni, she’r o‘qishni, surat tomosha qilishni yoqtiramiz. San’atni sevgan insondan yomonlik kutmaymiz, undan faqat yaratuvchanlik, yaxshilik qilish, bunyodkorlik g‘oyalari tug‘iladi.
Ayni shu jihatlarni hisobga olsak, yoshlarni san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining musiqa va san’atga qiziquvchi o‘quvchilari uchun tumandagi 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabiga sayohat uyushtirildi. Manzilda yigit-qizlar musiqa maktabidagi sinflarda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun