Maktablarga “tashvish” tugmalari o‘rnatiladi

Date:

Maktabda o‘g‘il-qizlarimizning birdan-bir vazifasi faqat va faqat ta’lim-tarbiya olishdir. Ammo, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Ba’zida quloqsiz bolalarning ortiqcha sho‘xliklari, shumtakaligi ham har xil mashmasha va ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishi bor gap. Shu jihatdan Milliy gvardiya qo‘mondoni general mayor Rustam Jo‘rayevning mamlakat aholisiga yo‘llagan murojaatida ham jon bor.
Haqiqatan ham maktablarda xavfsiz muhitni yaratish lozim. Shuning uchun o‘quvchilarga nisbatan jismoniy xavf-xatarlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida shahar-tuman markazlaridagi barcha ta’lim muassasalariga “tashvish” tugmalari va videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi hamda Milliy gvardiya qo‘riqloviga olinadi.
Kelgusida ham ta’lim muassasalarining qo‘riqlov tizimini takomillashtirish borasida “Xavfsiz ta’lim” kontsepsiyasi joriy etilib, bu sohada keng ko‘lamli ishlar davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun