Yangi xonadon kalitlari topshirildi

Date:

O‘zimiz uchun yangi buyum yoki biror narsa xarid qilsak, bir necha kun davomida ayni shuning quvonchi va hayajoni bilan yuramiz. Endi yangi uy olish olishni tasavvur qilsak… bu har bir kishining orzusi bo‘lsa kerak. Va yana o‘sha xondonda insonning oilasi, yaqinlari, farzandlari bilan birgalikda yashash hayajonini so‘z bilan tasvirlash qiyin. Buning uchun o‘sha insonning o‘rnida bo‘lish yoki yangi uy olish kerak bo‘ladi.
Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Muzrabot tumanida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida harbiylar uchun yangi xonadonlar foydalanishga topshirilgani ana shunday taassurotlarga boy bo‘ldi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, uy egalariga xonadon kalitlarini tantanali topshirar ekan, ularning quvonchiga sherik bo‘lib, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng, nuroniylar va mutasaddilar bilan harbiylarga topshirilgan yangi xonadonlarda mehmon bo‘lishib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Aytish kerakki, ushbu loyihaning umumiy qiymati 9,5 milliard so‘m bo‘lib, zamonaviy sharoitlarga ega, uch qavatli, 27 ta xonadonli ko‘p qavatli va 5 ta bir qavatli kotej uylar bo‘lib, har bir xonadon yumshoq mebellar va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. Xonalar keng va shinam. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtog‘larini bandligini ta’minlash maqsadida tikuvchilik sexi ham bunyod etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun