Suratida Vatan…

Date:

Ijodkor yosh vatanni so‘zlar bilan ta’riflab, go‘zal she’r yaratsa, rassom qo‘liga mo‘yqalam va bo‘yoqlarini oladi-da, qalbidagini tasvirlashga urinadi. Ajib chizgilar, ranglar jilosidan esa vatan surati gavdalanadi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bandixon tuman bo‘linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida Bandixon tumani “Zevar” mahallasida joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini baholash maqsadida “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Rasm chizishga ishtiyoqi baland o‘quvchilar ishtirok etgan tanlovda bir-biridan ajoyib suratlar chizildi.
Aytish kerakki, jarayonni kuzatish maroqli bo‘ldi. Kimdir vatan surati deganda o‘z oilasi, uyini tasvirlashga harakat qilgan bo‘lsa, kimlardir purviqor tog‘lar, toshqin soylarni tasvirladi. Baxtli bolalik, ozod va erkin odamlar tasviri, gul-u bo‘stonga burkangan vatan surati kishi e’tiborini tortmay qo‘ymaydi. Yakunda g‘olib ishtirokchilarga faxriy yorliq va kitoblar taqdim etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak”da kemtik bo‘lmaydi

XXI asr — bu shunchaki texnologiyalar asri emas, bu...

She’ri suvda oqqan shoir

Vohada 68 yoshli bir mashhur shoir bor edi. Iste’dodi...

“Bilim ila ko‘ngling charog‘ qilg‘ay

”Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining buyuk shoiri va mutafakkiri bo‘libgina...

“Osoyishe kam ko‘rgan mendek yana bir bormu?”

O‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk yurtdoshlarimiz ichida...
KunTun
KunTun