Yod preparatlari tarqatildi

Date:

Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida yod preparatlarining bepul tarqatilishi haqida xabarimiz bor. To‘g‘ri, ko‘pchilik ota-onalar yod o‘zi organizm uchun nega kerakligini, farzandlari doimiy tarzda yod qabul qilishmasligini aytishadi. Xolbuki yod kunda qabul qiladigan taomlarimiz va osh tuzida bo‘lishi kerak va kerakli yod miqdorini ana shu yo‘l bilan orgaizmimiz o‘zlashtirishi kerak. Afsuski, dengizdan uzoqda yashaganimiz uchun ham iste’molimizdagi mahsulotlardan organizmimiz yetarlicha yod ololmaydi. Ayni shu sababdan ham yod preparatlarini bepul tarqatish ishlari boshlab yuborildi. Bunng uchun preparatning 3 oylik zaxirasi mavjud bo‘lib, respublikamizning barcha hududlariga 3-15 yoshdagi bolalarni ta’minlash imkoni mavjud. Bu prezidentimizning “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-iyuldagi qarori bilan belgilab qo‘yilgan.
20-sentyabrdan Surxondaryo viloyatidagi barcha maktab va bog‘chalarda ham yod preparatlarini tarqatish ishlari boshlandi. Endilikda belgilangan talabga muvofiq har chorshanba kuni ta’lim muassasalarida 3-15 yoshdagi bolalarga yod preparatlari bepul berib boriladi. Eslatib o‘tish joizki, yod rivojlanayotgan organizm uchun eng muhim moddalardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun