Adliya tadbirkorga do‘st

Date:

Tadbirkorlar ishiga to‘sqinlik qilmaslik, ularni munosib qo‘llab-quvvatlashga yurtimizda katta e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, qulay investitsiya muhitini yaratib, tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo‘lida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqdaki, bu tadbirkor va ishbilarmonlarimizni, endigina biznes yo‘liga qadam tashlayotgan yoshlarimizni ruhlantirayotgani aniq. “Adliya tadbirkorga do‘st” loyihasi doirasida tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularning muammosini qisqa fursatda hal qilib berish bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Muzrabot tumani adliya bo‘limi boshlig‘i S.Tursunov va Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi X.Hakimov tomonidan tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirokida, ularni qiynab kelayotgan muammolar, sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar hamda boshqa aloqador qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda 10 dan ortiq tadbirkorlarning turli yo‘nalishlarga oid savollariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish muddat talab etadigan murojaatlar adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun