Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlandi

Date:

Tariximiz, ajdodlarimiz bilan faxrlanadigan xalqmiz. Haqiqatan ham buyuk ajdodlarimiz, bobolarimizning muqaddas dinimiz-u dunyoviy bilimlarning yanada sayqallanishida, biz avlodlarga yetkazishda hissasi benihoya katta. Biz esa munosib voris sifatida ularni o‘qib o‘rganmog‘imiz lozim. Qolaversa, Amir Temur, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur kabi buyuk bobokalonlarimiz haqida kino va filmlar yaratib, ularning hayoti, shaxsiyati, amalga oshirgan ishlari haqida yanada yaxshiroq bilib olishimiz mumkin bo‘layotir.
Sharq olimu fuzalolari bo‘lmish buyuk allomalarimizni nafaqat o‘zbek xalqi, balki dunyo ahli bilishi lozim. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda YuNESKO Bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish munosabati bilan atoqli bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy asarining jahon premyerasi ham o‘tkazildi. E’tiborli jihati, bastakor “Zij – Burjlar taronasi” asarini Sharqning to‘rt buyuk mutafakkiri: Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug‘bek siymosiga hurmat tariqasida yaratgan.
Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri ijrosi san’at ixlosmandlarini O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosining yangi qirralari bilan tanishtirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun