Muvaffaqiyatining siri fosh bo‘ldi

Date:

Ongida g‘ujg‘on urayotgan g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun tavakkal qilishga qo‘rqmaydigan, sarmoya tikib, daromad olishga intiladigan odamlarni tadbirkor deb ataymiz. O‘z o‘rnida ular o‘z ishi orqali atrofdagilarga o‘rnak va namuna bo‘lib, ishbilarmonlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Ana shunday tadbirli, ishida muvaffaqiyat qozongan ishbilarmon Termiz shahridagi “Geniy Termiz” MChJ rahbari Gennadiy Kravchenyadir.


Tadbirkorning faoliyati, albatta, keng jamoatchilik uchun qiziq. Shu sababdan Gennadiy Kravchenyaning tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar hamda aholi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Gennadiy Kravchenya tadbirkorlik faoliyati, erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlarining muhim omillari haqida ishtirokchilarga gapirib berdi. Yoshlar hamda aholi vakillarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.
– Har qanday ishda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari izlanish, sa’y-harakat, mashaqqatli mehnat, eng asosiysi, omilkorlik bilan ish yuritishda, – deydi tadbirkor G.Kravchenya.
Mazkur uchrashuv tadbirkorlikni endi boshlagan, tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarning tadbirkorlik borasidagi bilim va tushunchalarini boyitishga, biznesga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun