Tashrif doirasida…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrif buyurganidan xabardormiz. Ushbu tashrif doirasida hokim “Darband-Denov” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘li qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi va amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Loyihani amalga oshirayotgan xorijiy kompaniya mutaxassislari bilan suhbatlashdi.
Ayni paytda “Darband-Denov” yo‘nalishidagi 4R-105 hamda 4R-100 avtomobil yo‘llarining Boysun tumanidan o‘tuvchi 76 kilometr qismida ishlar davom ettirilayotir. Yo‘l voha iqlimiga mos holda 4 tasmali qilinib, sementobeton qoplama yotqizilgan holda rekonstruktsiya qilinmoqda.
Viloyat rahbari mas’ullarga qurilish jarayoni bilan bog‘liq ayrim muammolarni hal qilish, vohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va turizm salohiyatini oshirishda muhim hisoblangan yo‘l qurilishini sifatli olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun