…Yangi binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Ishonch bilan aytish mumkinki, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida ta’lim oluvchi o‘quvchi-yoshlarning oliy ta’limga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari yuqori. Bu esa ushbu dargohlarda puxta va qat’iy tartibda ta’im-tarbiya berilishidan dalolat beradi. Surxondaryo viloyatida esa ana shunday ta’lim muassasalaridan birining binosi qurib bitkazildi. Ya’ni Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning 330 o‘rinli o‘quv binosi zamonaviy tipda qurilib, barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan holda foydalanishga topshirildi.
Maktab o‘quv binosining ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi va o‘qituvchi-murabbiylarni yangi bino bilan tabriklab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi mashaqqatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng, maktab uchun cholg‘u asboblari va sport anjomlari to‘plamlari topshirildi. Viloyat rahbari maktab ma’muriyati, nuroniylar va mas’ullar bilan yangi o‘quv binoda ta’lim jarayonlari uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Oldingi sahifaYuzlar ichra birinchi
Keyingi sahifa1-sentyabrdan…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun