“Maktabimga kitob bilan boraman”

Date:

Ta’tilda kunlik dars yuklamalari bo‘lmasa-da, har kuni bo‘lmasa ham o‘quvchi-yoshlar o‘zlari sevgan badiiy adabiyotlarni o‘qiganlari aniq. Demak, mutolaa zavqi ularni tark etmagan deb ishonch bilan ayta olamiz. Kitobxonga olam-olam taassurotlar bag‘ishlagan ana shunday qimmatli asarlarni yoshlar tengdoshlariga ham ilinsa, foydadan holi bo‘lmaydi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va viloyat Bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda o‘quvchilarni kitobxonlikka chorlovchi loyihaga qo‘l urildi. Ya’ni yangi o‘quv yilidan boshlab har bir o‘quvchi kitob mutolaa qilishi va maktab kutubxonasidan muntazam foydalanishi maqsadida “Maktabimga kitob bilan boraman” loyihasini boshladi.
Kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini oshirishga erishiladi. Demak, o‘quvchilar o‘quv yilining ilk kunida nafaqat gullar bilan balki, badiiy adabiyotlar bilan kutib olinadi. Ular olib kelgan asarlar esa yoshlarning ma’naviy didini ham ko‘rsatib beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun