AZALIY ORZULAR USHALMOQDA

Date:

Men o‘qigan davrda maktabimizda atiga bittagina pianino bo‘lardi. Musiqa o‘qituvchimiz pianinoni chalib, ovozimizni notaga sozlab, kuylashni o‘rgatar, qo‘shiqlarni ohang jo‘rligida kuylattirar edi. Bu yoqimli va qizg‘in jarayonga aylanib ketardi. Qo‘shiq aytishga, pianinoni biz ham ustozimizdek chalishga qiziqardik. San’atga ana shu tariqa oshno bo‘lganmiz.
Afsuski, hamma maktablarda ham bunday musiqa cholg‘u asboblari bo‘lmasdi. Bizni esa bu borada omadimiz chopgan bo‘lsa kerak. Afsuski, hozir ham yoshlarni sport va san’atga qiziqishi baland bo‘lishiga qaramay, maktablarda zarur inventarlarning bo‘lmasligi, qiziqishlardan uzoqlashishga sabab bo‘ladi.
Ayni jihatlarni inobatga olgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yangi o‘quv yilidan boshqa viloyatlar qatori Surxondaryo viloyatidagi 948 ta maktabning barchasini 7 turdagi milliy cholg‘u asboblari va 5 turdagi sport anjomlari bilan bira to‘la ta’minladi. Bu esa uzoq yillik orzular ro‘yobi, ta’lim fidoyilari uchun quvonchli voqealardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun