Loyiha doirasida…

Date:

Har bir insonga hayoti davomida huquqiy maslahatga ehtiyoj tug‘iladi. Ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar o‘z huquqlarini har doim ham bilavermaydi. Mahalla faollari, ya’ni xotin-qizlar bo‘yicha mutaxassis hamda yoshlar yetakchilari esa ular bilan doimiy ishlashini hisobga olsak, xotin-qizlar va yoshlar ayni mutaxassislarning tavsiyasi, maslahatlariga tayanishadi. Kerakli maslahatni berish uchun esa yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar mutaxassisining o‘zi huquqiy bilimlardan xabardor bo‘lmog‘i lozim.


O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son Qonuni mazmun-mohiyati bo‘yicha hamda har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan aksiyasi doirasida Qiziriq tuman adliya bo‘limi va oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tumandagi pedagogika kolleji binosida tumandagi mahalla xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida yurtimizda qabul qilingan qonun hamda qarorlar, farmoyishlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Huquqiy bilimlari oshirildi. Umid qilamizki, mahalla eshigini qoqib, huquqiy yordam so‘rab kelgan har bir fuqaroga kerakli maslahat berilib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun