G‘oliblar sharafiga sport maydonchasi qurildi

Date:

“Besh tashabbus” olimpiadasining g‘olibligini qo‘lga kiritish nafaqat g‘olibga, balki uning ortidan mahallasidagi yoshlar uchun ham foydali, ham manfaatlidir. Negaki, fikrimizni sho‘rchilik Hamida Jabborova misolida aytadigan bo‘lsak, u tumanning “Saksonkapa” mahallasida yashaydi. Ikki nafar farzandning onasi bo‘lmish Hamida “Besh tashabbus” olimpiadasining shashka musobaqasining respublika bosqichida ishtirok etdi va 2-o‘rinni, ayni shu mahallada yashovchi Ozodbek Usanov esa 3-o‘rinni egalladi.
Mahalladagi har ikkala yoshning g‘olibligi sharafiga 23- va 72-umumta’lim maktablarida street workout sport maydonchalari qurildi. Bundan esa butun mahalla yoshlari va maktab o‘quvchilari shod. Endi ular bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, sport bilan mashg‘ul bo‘lishadi va jismonan chiniqishadi. Ajab emas, ana shu yoshlar orasidan ham chempionlar yetishib chiqsa…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun