Fond tashabbusi bilan…

Date:

Surxondaryo viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yillik shodiyonalari oldidan obodonlashtirish ishlaridan tortib, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, bayram va konsert dasturlari, kecha va uchrashuvlar tashkil etilib kelinmoqda. Eng ulug‘ bayramimiz oldidan “Obodonlashtirish oyligi” doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan xayrli tashabbusga qo‘l urildi.
Vohadoshlarimizni Vatanga muhabbat, yurtga va istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, hayotdan rozi bo‘lib yashash va ertangi yanada obod turmushga umid hissini mustahkamlashga xizmat qilguvchi tadbir uyushtirilib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Dilshodbek Usmonov hududlarda bo‘lib, bir guruh ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi. Yaqinlashayotgan mustaqillik bayrami bilan qutlab, ularning muammolarini tinglab, yechimini topishga ko‘maklashdi.
Jumladan, Termiz shahridagi “Navro‘z” mahallasida yashaydigan To‘xta Hasanova nogironligi bor o‘g‘li va farzandlarining maktab formalari va o‘quv qurollari olishga ko‘mak so‘ragan bo‘lsa, Tuproqqo‘rg‘on mahallasilik nogironligi bor Salima Samandarova sog‘ligini tiklash uchun dori-darmon olishda amaliy yordam bilan murojaat qildi. Yana kimdir uy-joyini ta’mirlashda, kimdir shu kabi boshqa masalalarda muammosini aytdi. Ochiq muloqotlarda o‘rtaga tashlangan muammolar imkon qadar joyida hal etildi. Qolaversa, bir guruh yakka-yolg‘iz keksalar, nogironligi bor oilalar, ehtiyojmand fuqarolarga g‘amxo‘rlikning yuksak namunasi sifatida fondning esdalik sovg‘alari hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda Muzrabot tumanidagi “Chegarachi”, Sherobod tumanidagi “Katta hayot”, Termiz tumanidagi “Qo‘ng‘irot” kabi chekka va olis 51 mahalla fuqarolar yig‘iniga 257 million so‘mlik kompyuter, Angor tumanidagi “Kayran”, Denov tumanidagi “Lolazor”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Boymoqli” kabi 42 mahalla idorasiga 256 million so‘mlik mebel jihozlarining sertifikati tantanali ravishda topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun