Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Xitoyda

Date:

Xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirish hududning iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Investitsiyalar jalb etilib, ishbilarmonlik muhiti hamda yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ayni shu maqsadda va turizmga oid taqdimotlar o‘tkazish uchun Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy davlatiga yetib bordi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, hokimlar hamda yigirmadan ortiq vohalik salohiyatli ishbilarmon va tadbirkorlar o‘rin olgan delegatsiya a’zolari tashrif davomida qator rasmiy uchrashuvlar, hududlar bilan investitsiyalar, sanoat, savdo va turizm hamkorligi istiqbollariga bag‘ishlangan Forumlarda qatnashishadi. Qolaversa, ishbilarmon doira vakillari va salohiyatli kompaniyalar bilan “B2B” va “G2B” formatdagi uchrashuvlar o‘tkazishadi. Yirik korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, mahsulotlar va savdo ko‘rgazmasida ishtirok etishayotir.
Viloyat delegatsiyasining birinchi manzili Xeyluntszyan provinsiyasi Xarbin shahri bo‘ldi. Kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Oripov boshchiligidagi delegatsiyaning Xeyluntszyan provintsiyasi gubernatori o‘rinbosari Yuy Tszyan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Surxondaryo va Xeyluntszyan o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Yakunda qishloq xo‘jaligi, konchilik, chorvachilik, sanoat, turizm hamda ikki tomonlama savdo yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, hududlar o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, birgalikda sarmoyaviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoy davlatiga tashrifi joriy yilning 15-avgustdan 18-avgustga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun